
APL. “Tottenxem” o‘yidagi so‘nggi o‘yinda “MYu”ni mag‘lubiyatga uratdi
Angliya chempionati 37-tur markaziy o‘yinida “Tottenxem” o‘z maydonida “Manchester Yunayted” bilan kuch sinashdi.
London klubi “Uayt Xart Leyn”dagi so‘nggi o‘yinda mankunianlarni 2:1 hisobida zafar quchdi. G‘oliblar safida Viktor Vanyama va Xarri Keyn gol urdi.
"MYu" safida Ueyn Runi bitta javob golini kiritish uddasidan chiqdi.
Tottenxem – Manchester Yunayted 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 6 Vanyama, 2:0 – 48 Keyn, 2:1 – 71 Runi.
Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Vertongen, Devis, Tripper (Uoker, 83), Vanyama, Alli, Eriksen (Nkudu, 90), Dayer, Keyn, Son Xin Min (Dembele, 72).
Manchester Yunayted – De Xea, Tuanzebe (Errera, 61), Bayi, Djons, Blind, Lingard (Mxitaryan, 61), Kerrik, Mata (Reshford, 79), Smolling, Marsyal, Runi.
Ogohlantirishlar: Runi (36), Vanyama (74), Bayi (90).
Fikrlar