
APL. "Tottenxem" o‘zida "Uotford" darvozasiga 4 ta gol urdi
Angliya chempionati 32-turida "Tottenxem" jamoasi o‘z maydonida "Uotford" futbolchilarini qabul qildi. Gollarga boy kechgan o‘yinda "shporlar" 4:0 hisobida zafar quchdi.
Mazkur bellashuvda Janubiy koreyalik Son Xin Min dubl qayd etgan bo‘lsa, Dele Alli va Erik Dayer bittadan gol urishdi.
Tottenxem – Uotford 4:0 (3:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 33 Alli, 2:0 – 39 Dayer, 3:0 – 44 Son Xin Min, 4:0 – 54 Son Xin Min.
Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Devis, Tripper, Vertongen, Dayer, Dembele (Sissoko, 75), Alli, Eriksen, Yanssen (Keyn, 61), Son Xin Min (Onoma, 88).
Uotford – Gomes, Ketkart, Xolebas, Yanmat, Mariappa, Amrabat (Dini, 70), Dukure (Suniga, 59), Kleverli, Nyang, Okaka Chuka (Kabasele, 84), Saksess.
Ogohlantirishlar: Dukure (34).
Fikrlar