APLga ketayotgan Alvesning "Yuventus"dagi o‘rnini APLda o‘ynagan futbolchi egallashi mumkin
Turinning “Yuventus” klubi tez orada APL klublaridan biriga yo‘l olishi kutilayotgan himoyachisi Dani Alvesning o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yubordi.
Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Turin superklubi bu borada “Manchester Yunayted” futbolchisi Matteo Darmianning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, italiyalik himoyachi “qizil iblislar” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning “MYu” bilan amaldagi shartnomasi esa 2019 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Dani Alves bilan "Manchester Siti" va "Chelsi" klublari muzokaralar olib bormoqda.

Fikrlar