Adhamjon Ergashev yoshlar o‘rtasida jahon chempioni!

CHERY AUTO

Poytaxtimizdashi "O‘zbekiston" sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bellashuvlari davom etmoqda. Ayni pallada esa musobaqaning ikkinchi kun bellashuvlari yakuniga etdi. 

Tecno

Ushbu kun doirasida o‘z omadini sinab ko‘rgan Adhamjon Ergashev (-62 kg) oltin medalni qo‘lga kiritib, terma jamoamiz vakillarining ilk medalini taqdim qildi. Ergashev dast ko‘tarishda 135, siltab ko‘tarishda 160, ikkikurash bo‘yicha 295 kilogramm natija qayd etib, barcha yo‘nalishlarda chempionlikni rasmiylashtirdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Germaniya hamda Ekvador vakillariga nasib etdi. "V" guruhida o‘z omadini sinab ko‘rgan boshqa bir vakilimiz Muhammadali Qahramonov ikkikurashda 252 kg. natija bilan o‘ninchi o‘rinda qayd etildi. 

Og‘ir atletika. JCh, Toshkent. 

Erkaklar, -62 kg.:

1. Adhamjon Ergashev (O‘zbekiston) – 295 kg (135 kg + 160 kg)

2. Jon Mau (Germaniya) – 278 kg (121 kg + 157 kg)

3. Kristian Tsurita (Ekvador) – 277 kg (127 kg + 150 kg) . . .

10. Muhammadali Qahramonov (O‘zbekiston) – 252 kg (112 kg + 140 kg)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!