Afrika Kubogi. Tunis sensatsion tarzda chorak finalga chiqdi

  • 24 yanvar, 2017, 08:27
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Afrika Millatlar Kubogi “B” guruhi 3-turida Zimbabve terma jamoasi Tunisga qarshi bahs olib bordi.

Gollarga boy kechgan o‘yinda tunislik futbolchilar 4:2 hisobida zafar quchib, jami 6 ochko bilan guruhda 2-o‘rin bilan chorak finalga chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, “A” guruhidan Kamerun va Burkina-Faso terma jamoalari chorak finalga yo‘l olgandi.

Zimbabve – Tunis 2:4 (1:4, 1:0)

Gollar: 0:1 – 9 Sliti, 0:2 – 22 Msakni, 0:3 – 36 Xenissi, 1:3 – 42 Musona, 1:4 – 45, penalti Xazri, 2:4 – 58 Ndoro.

Zimbabve – Mkuruva, Zvirekvi, Nxamoynesu, Muroyva, Basera, Firi (Ndoro, 46), Nakamba, Katsande, Billiat, Mushekvi, Musona (Maxachi, 89).

Tunis – Jridi, Ben-Yussef, Maalul, Naggez, Abdennur, Sassi, Sliti (Azuni, 83), Ben-Amor, Xazri (Laxmar, 63), Msakni (Xelifa, 78), Xenissi.

Ogohantirishlar: Firi (8), Ben-Amor (33), Nxamoynesu (44), Naggez (85).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!