Agar “Borussiya D” “Monako” to‘sig‘idan o‘ta olmasa Tomas Tuxel o‘rnini Paulu Souza egallaydi

  • 19 aprel, 2017, 19:15
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Xabaringiz bor, bugun EChL chorak final javob bahsi bo‘lib o‘tadi. Unda “Monako” o‘z uyida “Borussiya D”ni qabul qiladi. Ushbu o‘yin natijasi ahamiyatga ega. Chunki mazkur bellashuvda germaniyaliklar mag‘lubiyatga uchrashsa, Tomas Tuxel o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda Corriere dello Sport xabar bermoqda.  

Manbaning ma’lum qilishicha, “Borussiya D” “Monako” to‘sig‘idan o‘ta olmasa klub bosh murabbiyi Tuxel jamoani tark etadi. Uning o‘rnini esa “Fiorentina” ustozi Paulu Souza egallaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Tomas Tuxelning “Borussiya D” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozigacha amal qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!