Agar "Vest Xem" "Suonsi"ni yuta olmasa, Bilich iste’foga chiqariladi

  • 7 aprel, 2017, 21:20
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Londonning “Vest Xem” klubi bosh murabbiyi Slaven Bilich agar jamoasi keyingi turda “Suonsi”ni yuta olmasa  iste’foga chiqariladi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Bordiyu xorvatiyalik mutaxassis jamoadan ketsa, u holda “bolg‘achilar”ga ayni damda klub akademiyasida faoliyat olib borayotgan Terri Uestli boshchilik qiladi. Ta’kidlash kerakki, Uestli avval ham Bilich oilaviy sabablarga ko‘ra jamoada bo‘lmaganida, uning vazifasini bajarib turgan.

Ma’lumot uchun, Bilich “Vest Xem”ni 2015 yildan buyun boshqarib kelmoqda. Joriy mavsum londonliklar premer-liganing 15-pog‘onasida borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!