Agar "Yuventus" Nzonzini qo‘lga kirita olmasa, Matyuidini sotib olishga urinib ko‘radi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning “Yuventus” klubi rahbariyati PSJ yarim himoyachisi Blez Matyuidining transferi borasida yana faollashmoqda. Ta’kidlash kerakki, “keksa sinora” o‘tgan yozda ham ushbu futbolchini sotib olishga urinib ko‘rgan, biroq yakunda qo‘lga kirita olmagan edi.

Sky Sport Italia nashrining ma’lum qilishicha “Yuventus” agar “Sevilya”dan Stiven Nzonzini sotib ololmasa, u holda 30 yoshli frantsiya terma jamoasini qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi. Aytish lozimki, andalusiyaliklar Nzonzini 40 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Matyuidining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilda o‘z nihoyasiga etadi va u kelgusi mavsum erkin agentga aylanishi mumkin. U yakunlangan mavsum Frantsiya chempionatida 34ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!