Akula ovchilari yoxud "Yuventus” Evropa chempionlar ligasining yaqqol favoriti
Buffon dazvozasi hali hamon zabt etilgani yo‘q. Messi haligacha Buffonga biror marta gol urgani ham yo‘q. "Yuventus" Evropa chempionlar ligasi chorak finaliga qadar 531 daqiqa davomida o‘z darvozasi daxslizligi saqlab kelmoqda.

19 aprel kuni EChL 1/4 chorak finali javob uchrashuvida "Yuventus” "Barselona” bilan durang o‘ynadi. Bu natija "keksa sinora"ning keyingi bosqichga o‘tishni ta’minladi. Ammo "ko‘k-anorranglilar" jangsiz taslim bo‘lishdi, deb ayta olmaymiz, chunki Neymar o‘yining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Braziliyalik futbolchi bir o‘yinda 13 marotaba raqib o‘yinchilarini aldab o‘tgan, bunday ishni esa "Chelsi” futbolchisi Eden Azar 2014 yilda amalga oshirgan.
"Barselona"ning hamma hujumi Neymar orqali o‘tdi, ammo futbolchi o‘z jamosiga chorak final yo‘llanmasini olib bera olmadi.Endi "ko‘k-anorranglilar"ning muxlislari mo‘’jizani Messidan emas, aynan Neymardan kutishmoqda va qaysidir ma’noda Neymar etakchilik rolini uddalamoqda.
Ko‘ngilni ezuvchi Neymarning ko‘z yoshlari, futbolchining qanchalik g‘alabani hohlaganini bildiradi.

"Yuventus”ga qaytadigan bo‘lsak, ular qanday qilib "Kamp Nou"da o‘z darvozasidan gol o‘tkazmadilar. Axir kataloniyaliklar Chempionlar ligasi so‘nggi bahslariga muntazam o‘z raqiblari darvozasiga 4 ta dan to‘p urgan edi.
"Yuventus” birinchi daqiqalardanoq pressingni tashkil etishga urindi, ammo taymning o‘rtalariga kelib undan asar ham qolmadi. PSJ - "Barselona” o‘yinidagidek ispanlar tezkorlik bilan o‘yindagi hukumkorlikni olib qo‘yib, raqibini o‘z darvozasiga siqib qo‘ydi. Faqat onda-sonda, Kuadrado tomonidan berilgan paslar evaziga Dibala va Iguain maydonning bo‘sh hududlariga chiqib kelib turishdi. Sababi Alba va boshqa himoyachilardan oldinga kam miqdorda top uzatishdi.

Shunday qilib nima sababdan "Yuventus” o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi? Turinliklarning himoyasi haqida necha marotaba gapirildi, ammo ularning yarim himoyasi haqida ham takidlab o‘tish lozim, Pyanich kataloniyaliklarga o‘ta kuchli bosim o‘tkazdi. "Yuve” futbolchilari o‘yindan Messi va Suaresni ajratib qo‘yishdi. Buskets uchun maydonda bo‘sh joyning o‘zi qolmadi.
Neymarning yakkaxon harakatlari hech qanday natija keltirmadi. Jarima maydonchasi ichida esa har bir "Barselona” o‘yinchisi yopib qo‘yilganligi sababli uzatma berishga bo‘sh odam topilmadi.
Ikkinchi qavatdagi kurashda esa "Barsa"ning novcha futbolchilari yo‘qligi pand berishdi. Birgina yo‘l, pastdan to‘p uzatmalari qoldi xolos. Ha, yana hujumkor uchlikning yakkaxon driblinglariga ishonishdi, ammo ular "Yuve“ning metin himoyasi oldida ojiz qolishdi.
Allegri jamoasi hozirda jahonda hammadan ham ko‘ra yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Shuningdek, ularning har bir chiziq futbolchilari bir tekis o‘yin ko‘rsatmoqdalar: himoya, yarim himoya, hujum va albatta, hech ham qarimaydigan Buffon o‘z o‘rinlarda raqiblarga imkon bermadi. Agar turinliklar to‘pga egalik qilishni xohlashsa albatta, bunga erishadilar. Bundan tashqari qarshi hujumda o‘ynashni istashganda ham bu ishni qoyilmaqom tarzda amalga oshirardilar.
Muntazamlik. Tajriba. Sabr. Bosiqlik. Majburiyat. Mana nimalar sabab "Yuventus” "Barselona“ni engib o‘tdi. Biz bu narsalar boshqa jamoalarda yo‘q deb ayta olmaymiz, ammo Allegri jamoasi shu jamlanmani o‘zlarida o‘ta yuqori darajaga olib chiqishdi.
Bunday "Yuventus"ni kimdir to‘xtata olarmikan? Buni esa vaqt ko‘rsatadi.
Shuxrat Tursunov

Fikrlar