Aleksandr Mochinov: O‘rnimga keladigan murabbiy jamoaga yangilik olib kiradi

  • 30 mart, 2018, 13:16
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"So‘g‘diyona" - "Qizilqum" (1:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjmanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Aleksandr Mochinov ishtirok etdi. Bu haqda “So‘g‘diyona” matbuot xizmati xabar bermoqda.

- Raqibni tabriklayman. Ular bugun munosib harakat qilishdi. Odatda bunday vaziyatda bosh murabbiy iste’fo beradi. Boshqa nima ham deyish mumkin. Demak murabbiy aybdor, u o‘yinga yaxshi tayyorlay olmagan.

"So‘g‘diyona"ga o‘zaro tushunish, ishonch etishmayapti. Jamoa shunchaki natijaga o‘ynasa chiroyli o‘yin bo‘lmaydi. Biz ham chiroyli o‘ynab, ham natijaga erishishga urindik. Ammo o‘xshamayapti. Gol urishimiz kerak vaziyatda, qarshi hujumdan gol o‘tkazdik. Barcha ayb menda, tarkibni tanlashda xato qildim. Uyimizda 1:3 hisobida yutqazganimiz uchun muxlislardan uzr so‘rayman. O‘rnimga boshqa murabbiy kelsa, bu tez bo‘ladimi yoki yo‘qmi bilmayman, u yangilik olib keladi. "So‘g‘diyona"da hozir kichik inqiroz bor. Yigitlarga oxirigacha o‘ynashganiga rahmat, jamoaning potentsiali bor, ammo men uni yuzaga chiqara olmadim. Yana bir bor uzr so‘rayman va barcha ayb mendaligini qaytaraman, - dedi Aleksandr Mochinov.

- "Qizilqum"ni g‘alaba bilan tabriklayman, boshqa xech nima deya olmayman, - dedi Sardor Azimov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!