
Ana xolos! "Barselona" tez kunlarda ikkita futbolchisi bilan shartnomalarni bekor qilmoqchi
“Barselona” klubining ikki futbolchisi tez orada jamoani tark etishi mumkin.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda kataloniyaliklar rahbariyati jamoa himoyachisi Jeremi Matyo va yarim himoyachi Arda Turanlar bilan o‘zaro shartnomani bekor qilmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Matyoning “Barsa” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar imzolangan bo‘lsa, Turanning kelishuvi 2020 yilgacha mo‘ljallangan edi.
Fikrlar