Ana xolos! O‘FF qo‘pollik qilgan Oybek Qilichevni futboldan chetlatdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

2017 yil 21 oktyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 25-turi doirasida “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – “Navbahor-Lochinlar” (Namangan) o‘yinida “Navbahor-Lochinlar” futbolchisi Oybek Qilichevning raqib futbolchisiga nisbatan tajovuzkor hatti-harakatlari O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining Intizom qo‘mitasi hamda Ijroiya Qo‘mitasi Byurosi tomonidan o‘rganib chiqildi. Yig‘ilishlarda Oybek Qilichev O‘FF Intizom qo‘mitasi tomonidan 2017 yil 12 aprelidagi 2-sonli va 24 mayidagi 5-sonli qarorlariga ko‘ra, unga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy choralar va tayinlangan jarimalardan to‘g‘ri xulosa chiqarilmagani ta’kidlandi.

O‘FF matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasi Byurosi o‘z qaroriga muvofiq Oybek Qilichevga 10 million so‘m jarima tayinlab, uni 1 yil muddatga futbolchilik faoliyatidan chetlatdi.

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining qarori matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Oybek Qilichev "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olganidan keyin raqib futbolchisini tepgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!