Ana xolos! Ramos UEFA o‘tkazgan so‘rovnomada Ronaldu va Messidan ko‘p ovoz to‘plagani ma’lum bo‘ldi
Kecha saytimizda UEFAning 2016 yildagi ramziy terma jamoasi e’lon qilingan edi.
Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramos yil terma jamoasini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plagani ma’lum bo‘ldi. Aniqrog‘i, so‘rovnomada ishtirok etgan 488 908 nafar muxlis Ramosga ovoz bergan.

Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Krishtianu Ronaldu (450 220) va Lionel Messi (418 449) egalladi.



Fikrlar