
Ana xolos! Ronaldu "Real"dan ketmoqchi
Madridning “Real” klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu “qirollik klubi”dan ketishni rejalashtirmoqda. Bu haqda A Bola nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaada yozilishicha, portugaliyalik futbolchining bunday qarorga kelishiga ispan prokuraturasining unga nisbatan qo‘yayotgan ayblovlari sabab bo‘lmoqda. Ronaldu bu masalada qat’iy qaror qabul qilgan va bu haqda klub prezidenti Florentino Peresni ham ogohlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya prokuraturasi Ronalduni 2011-2014 yillarda 14,7 mln evro miqdorida soliqlardan bo‘yin tovlagani borasida gumon qilib, bu ish bo‘yicha mamlakat sudiga da’vo arizasi kiritgan edi. Umuman olganda Ispaniya soliq qo‘mitasi futbolchini to‘rtta jinoiy ish bo‘yicha ayblamoqda.
Fikrlar