Angliya Kubogi. "Arsenal" irodali tarzda "Man Siti"ni engdi va finalga chiqdi

  • 23 aprel, 2017, 21:39
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

 

Angliya Kubogi ikkinchi yarim finalida "Arsenal" jamoasi "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib bordi.  Anchagina murosasiz kechgan o‘yinda "to‘pchilar" 2:1 hisobida, qo‘shimcha taymlarda g‘alaba qozondi. 

Uchrashuvning 62-daqiqasida Serxio Aguero hisobni ochgan bo‘lsa, 71-daqiqada Nacho Monreal muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtda boshqa gol kiritilmadi. 

Musobaqa qoidalariga ko‘ra, qo‘shimcha taymlar o‘ynaldi va Aleksis Sanchesning 101-daqiqada kiritgan goli "Arsenal"ni finalga olib chiqdi. 

Eslatib o‘tamiz, birinchi yarim finalda "Chelsi" hamshahari "Tottenxem"ni 4:2 hisobida taslim qilib, finalga yo‘l olgandi

Arsenal – Manchester Siti 2:1

Gollar: 0:1 – 62 Aguero, 1:1 – 71 Monreal, 2:1 – 101 Sanches.

Arsenal – Chex, Koselni, Xolding, Monreal, Gabriel, Djaka, Oksleyd-Chemberlen (Belerin, 105), Ozil (Koklen, 119), Remzi, Sanches, Jiru (Uelbek, 83).

Manchester Siti – Bravo, Otamendi, Kompani, Klishi, Navas, Ture, Fernandino (Fernando, 99), Silva (Sterling, 23; Ixeanacho, 105), de Bryuyne, Sane, Aguero (Delf, 99).

Ogohlantirishlar: Sanches (25), Fernandino (69), de Bryuyne (89), Sane (102), Delf (105), Djaka (105), Otamendi (115).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!