Angliya Kubogi. "MYu" ishonchli tarzda "Reding"ni taslim qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Angliya Kubogi 3-bosqichida "Manchester Yunayted" jamoasi o‘z maydonida "Reding" futbolchilarini qabul qildi. Qiziqarli, murosasiz va rekord qayd etilgan o‘yinda mankunianlar 4:0 hisobida zafar quchdi. 

Uchrashuvning 7-daqiqasida Ueyn Runi hisobni ochib, "MYu" uchun gollari sonini 249 taga etkazib,  afsonaviy ser Bobbi Charltonga tenglashib oldi va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. 

15-daqiqada Antoni Marsyal hisobni oshirdi — 2:0. O‘yinning 75 va 79-daqiqalarida Markus Reshford o‘z nomini tabloga yozdirdi. 

Shu tariqa, amaldagi Kubok sohibi musobaqaning 4-bosqichiga yo‘l oldi. 

Manchester Yunayted – Reding 4:0

Gollar: 1:0 – 7 Runi, 2:0 – 15 Marsyal, 3:0 – 75 Reshford, 4:0 – 79 Reshford.

Manchester Yunayted – Romero, Blind, Roxo (Jons, 19), Smolling, Yang, Mata (Shvaynshtayger, 78), Fellayni, Kerrik (Fosu-Mensa, 78), Reshford, Runi, Marsyal.

Reding – Al-Xabsi, Mur, Blekkett (Obita, 46), Ganter, Evans (Svift, 57), Berens, Kelli, van den Berg, Uilyams, Makkliri, Kermorgan (Semyuel, 77).

Ogohlantirish: Yang (54).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!