Angliya Liga Kubogi. “Liverpul” javob o‘yinida ham “Sautgempton”ga yutqazdi va turnirdan chiqib ketdi

  • 26 yanvar, 2017, 08:28
  • 5
  • Futbol

 

Angliya Liga Kubogi yarim final javob o‘yinida "Liverpul" o‘z maydonida "Sautgempton" futbolchilari bilan final yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi. 

Uchrashuv kutilganidek shiddatli va kurashlarga boy tarzda o‘tdi. O‘yin yakunida Sheyn Long tomonidan kiritilgan yagona gol "avliyolar"ga g‘alaba va final yo‘llanmasini taqdim qildi. 

Dastlabki o‘yinda ham "Sautgempton" 1:0 hisobida zafar quchgandi. Ikkinchi yarim final javob o‘yinida "Xall Siti" o‘z maydonida "MYu"ni qabul qiladi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yinda mankunianlar 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi. 

Liverpul – Sautgempton 0:1  

Gol: 0:1 – 90(+1) Long.

Liverpul – Karius, Aleksander-Arnold, Lovren, Matip, Lallana, Xenderson, Koutino (Veynaldum, 87), Djan (Origi, 78), Firmino, Milner, Starridj.

Sautgempton – Forster, Stivens, Bertran, Soaresh, Yosida, Tadich, Uord-Prouz (Xeyberg, 59), Redmond (Sims, 81), Devis, Rodriges (Long, 46), Romeu.

Dastlabki uchrashuv: 0:1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!