Antonio Konteni xitoyliklar qo‘rqitib qo‘yishdi

  • 17 dekabr, 2016, 09:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Chelsi» klubining bosh murabbiyi Antonio Konte Xitoy futbolini tanqid ostiga oldi.

Tecno

Italiyalik murabbiyning so‘zlariga ko‘ra Xitoy klublari tomonidan sarflanayotgan katta miqdordagi pullar dunyo futboli uchun katta xavf tug‘dirmoqda.

- Xitoy klublarining «xarid mavsumi» faqatgina «Chelsi» uchun emas, balki dunyodagi barcha jamoalar uchun ham xavflidir. Katta maosh evaziga saviyasi jihatidan ancha ortda qoladigan chempionatda faoliyat olib borishga qarshilik bildiraman. Angliya Premer ligasi dunyodagi eng saviyali championatdir va unda ishtirok etish sharaf deb bilaman, deydi - 47 yoshli murabbiy Antonio Konte.

Murabbiyning bunday deyishiga sabab «Chelsi»ning sobiq a’zosi Ramirez jamoa yarim himoyachisi Oskarni Xitoy Super Ligasida ishtirok etishga undamoqda. Shuningdek kuni kecha Xitoyning Shanxay SIPG klubi Oskarga rad etib bo‘lmaydigan taklif bilan chiqqan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda 2016 yil Xitoy klublari horijiy futbolchilarni tarkiblariga qo‘shib olish uchun 400 million AQSh dollaridan ortiq maglag‘ sarflashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!