
Anvar Boynazarov navbatdagi jangini Fransiyada o‘tkazadi
Muay tay bo‘yicha ikki karra jahon chempioni va yakkakurash sport turlari ustasi Anvar Boynazarov o‘zining navbatdagi professional jangini “GLORY 47” turniri doirasida o‘tkazadi.
Mazkur jang joriyning 28 oktyabr kuni Frantsiyaning Lon shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unga bu jangda frantsiyalik Fabio Pinko raqiblik qiladi. Agar hamyurtimiz ushbu bellashuvda zafar quchadigan bo‘lsa, tailandlik muay tay ustasi mashhur Vaukau Banchamek bilan kuch sinashadi.
Baukau Yaponiyada o‘tkazilgan ikki karra K1 musobaqasi va o‘zi ishtirok etgan barcha musobaqalarda g‘alaba zafar quchgan muay taychi hisoblanadi.
Londa o‘tadigan “GLORY 47” turnirida 9 ta professional jang o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Anvar Boynazarov 9 sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Asian Fight-2017” musobaqasida “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining Bangkok – Toshkent reysi kechiktirilgani bois ishtirok eta olmagan edi.
Fikrlar