Anvar Boynazarovning chempionlik jangidagi raqibi haqida nimalarni bilasiz?

CHERY AUTO

Aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi, 2 karra muay tay bo‘yicha jahon chempioni Anvar Boynazarov (2-2-0, KO1)  o‘zining navbatdagi jangini 1 dekabr kuni Nyu-York shahrida o‘tkazishidan xabaringiz bor.

Tecno

Ayni damda Tailandda mazkur jangga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchimizga amerikalik amerikalik Kevin van Nostrand (4-1-0, KO2) raqiblik qiladi. Jang “GLORY” chempionlik kamari uchun kechadi.

Kevin van Nostrand 2015 yildan beri “GLORY”da faoliyat yuritib keladi. Hozirgacha beshta jang o‘tkazib, ulardan bittasi mag‘lubiyatga uchragan va ikkitasini nokaut bilan yakunlagan. Yagona mag‘lubiyati “GLORY 27” turniri doirasida bo‘lib, gruziyalik Giga Chikadzega imkoniyatni boy bergan. Biroq joriy yilning 14 iyulida Nyu-Yorkda o‘tgan “GLORY 43” turnirining yarim engil vazn toifasi final ostonasida revansh olishning uddasidan chiqqan.

Qizig‘i shundaki, O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing assotsiatsiyasi sportchisi hisoblangan Boynazarov 2015 yili ushbu turnirdagi ilk jangini “GLORY 23” musobaqasi doirasida aynan Giga Chikadzega qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan.

Shuningdek, sportchimiz bu turnirda ukrainalik Sergey Adamchuk va frantsiyalik Abdullah Ezbiriga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Londa o‘tgan “GLORY 47” turnirining yarim finalida Fabio Pinkani nokautga uchratgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!