
“Ardus” “Nafis” bilan durang o‘ynadi
Futzal bo‘yicha XXI milliy chempionatimizning 1 bosqich 3-tur bellashuvlari davom etmoqda.
Uchinchi kunning dastlabki o‘yini muxlislarga haqiqiy kurashni taqdim etdi. Juda qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda “Ardus” va “Nafis” jamoalari o‘zaro durangga imzo chekishdi. Bu haqda UFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bu natija o‘ziga xos sensatsiya bo‘ldi.
Oliy liga
3-tur, 3-kun
18.01.2017
"Ardus" - "Nafis" 1:1
Gollar: X.Erkinov 31 - D.Toxirov 30
Fikrlar