Arsen Venger "Barselona"dan "Arsenal"ni ustun qo‘ydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Luis Enrike mavsum yakunlanishi bilan "Barselona" boshqaruvidan ketishi rasman e’lon qilinganidan keyin uning o‘rnini egallashga nomzod sifatida o‘rganilayotgan mutaxassislar ham bu borada o‘z fikrlarini bildirmoqda.

 

Xususan, "Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Vengerning ham yozda London klubi bilan shartnomasi yakunlanadi. Ko‘pchilik Venger "Barselona"ni boshqarishi mumkin degan fikrda.

- Men faqat "Arsenal" haqida o‘ylayapman, - dedi Arsen Venger. - Men boshqa klubdan ish qidirayotganim yo‘q. Hozir "Arsenal"ni yangi bosqichga ko‘tarish haqida bosh qotirishim kerak.

"Barselona" yangi bosh murabbiy nomi 1 iyul kuni e’lon qilinishini bildirgan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!