“Arsenal” Sanches va O‘zil qolishi uchun aqlbovar qilmas pul sarflaydi
Londonning “Arsenal” jamoasi klubi hujumchisi Aleksis Sanches va yarim himoyachi Mesut O‘zilni saqlab qolish uchun juda katta miqdorda pul sarflashi kutilmoqda.
Mirror nashrining xabar berishicha, “to‘pchilar” har ikki futbolchining yillik maoshi uchun jami 34 mln evro sarflaydi.
Bugun, 30 may kuni “Arsenal” rahbariyatida uchrashuv bo‘lib o‘tadi va u erda bir necha futbolchi hamda bosh murabbiy Arsen Vengerning taqdiri hal bo‘ladi.
London klubi 2020 yilga qadar Aleksis Sanchesga haftasiga 316 ming, O‘zilga esa haftasiga 321 ming evro to‘lashga tayyor. Chili va Germaniya terma jamoasi a’zolarining “Arsenal” bilan amaldagi kelishuvi 2018 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar