Asr jangida sensatsiya qayd etilmadi: Meyvezer Makgregorni "er tishlatdi" (FOTO)
AQShning Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenasida asr jangi sifatida etirof etilgan uchrashuv – UFC’ning ikki vazn toifasida mutlaq chempioni Konor Makgregor va boks bo‘yicha 5 karra jahon chempioni Floyd Meyvezer o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi.
Katta reklama va haqoratli matbuot anjumanlaridan nixoyat hamma kutgan jang bo‘lib o‘tdi. O‘rtada katta summadagi gonorar turgan bellashuv boks qoidalari bo‘yicha o‘tkazildi. Irlandiyalik sportchi jangi ancha faol boshladi.

Dastlabki 3 raundda Meyvezer faqat himoyalangan bo‘lsa, Konor bir qator yaxshi zarbalarni amalga oshirdi.

Keyingi raundlarda ustunlik "Ring qiroli" qo‘liga o‘tdi. 10-raundga kelib Meyvezer irlandiyalik bokschini qiyin ahvolga solib qo‘ydi va referi jangni tugatdi.

Shunday qilib, Floyd Meyvezer ringdagi 50-g‘alabasini qayd etdi. Konor uchun esa boksdagi debyut omadsiz chiqdi.

Fikrlar