Azar Rossiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Londonning "Chelsi" klubi va Belgiya terma jamoasi a’zosi Eden Azar mushaklari bilan bog‘liq jarohati sabab yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlarida terma jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.
Ta’kidlash kerakki Azar yuqoridagi sabab bugun premer-liganing "Stok Siti"ga qarshi bahsida ishtirok eta olmadi.
Ma’lumot uchun, belgiyalik futbolchi Angliya chempionatining 26ta uchrashuvida ishtirok etib, o‘z hisobiga 11ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar