
Balotelli “Nitstsa”dan ketmoqchi emas
“Nitstsa” klubi darvozaboni Yoan Kardinal hujumchi Mario Balotellining frantsuz jamoasida qolishni xohalayotganini ta’kidlab o‘tdi.
– Balotelli menga “Nitstsa”da qolishni xohlayotganini aytib o‘tdi. Uni bu erda barchasi qanoatlantirmoqda va juda baxtli. Mario bizning futbolimiz o‘sayotganini ko‘rmoqda. Shunday ekan, nima uchun kolmaslik kerak? – deydi Kardinal.
Eslatib o‘tamiz, Balotelli o‘tgan mavsumda erkin agent sifatida “Nitstsa” safiga kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar