Balotelli va Ibrohimovichni "Napoli"da kutishmoqda

 

 

Ikki to‘purar hujumchi - Zlatan Ibrohimovich va Mario Balotellining agenti Mino Rayola bu futbolchilar kelajakda "Napoli" tarkibiga qo‘shilishi ehtimoli katta ekanini ta’kidladi.

- Mario "Nitstsa"da zo‘r o‘ynayapti va unga ko‘p jamoalardan, xususan "Napoli"dan ham qiziqish bo‘lyapti, - dedi Mino Rayola. - Hozir kutamiz va yozda nima bo‘lishini ko‘ramiz. Zlatanni esa Neapolda juda yaxshi ko‘rishadi. Ibrohimovichning o‘zi ham neopolliklarniki kabi oilada voyaga etgan. Aynan mana shu jihat uni "Neapol"ga olib kelishda muhim rol o‘ynaydi.

Mario Balotelli "Nitstsa" tarkibida 11 ta o‘yinda to‘qqizta gol urdi. Zlatan Ibrohimovich esa "Manchester Yunayted"ning 22 ta uchrashuvida maydonga tushib, 14 ta gol muallifi bo‘ldi.

SPORTS.uz

Comments

You must be logged in to commet!