
“Barselona” “Real”ni EChLdagi g‘alaba bilan tabrikladi
“Barselona” klubi o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali Kardiffda o‘tgan final o‘yinida “Yuventus”ni mag‘lubiyatga(4:1) uchratgan “Real”ni sovrin bilan tabrikladi.
“Madridning “Real” klubini Kardiffda qo‘lga kiritilgan sovrin bilan tabriklaymiz” – deb yozdi katalon kluning rasmiy tvitteri.
Qayd etish joiz, ilgariroq “Real”ning La ligada 32-g‘olibligi bilan ham “Barselona” rasman tabriklagan edi.
Fikrlar