"Barselona" hujumchisi faoliyatini "Zenit"da davom ettirishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi “Barselona” hujumchisi Munir El-Xaddadiga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda TMW nashri xabar tarqatmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra piterliklar rahbariyati allaqachon 21 yoshli futbolchining agenti bilan aloqaga chiqqan va ayni damda bu borada kataloniyaliklar bilan muzokaralar ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, El-Xaddadi ortda qolgan mavsumni “Valensiya” safida ijara asosida o‘tkazib, La Ligada 34ta uchrashuvda maydonga tushgan. Futbolchi ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 6ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!