“Barselona” sobiq prezidenti: Gvardiolaning “Barsa”sini “Real” bilan tenglashtirmang

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” klubining sobiq prezidentiu Joan Laporta Zidanning “Real”ini “Xosep Gvardiola davridagi “Barselona” bilan taqqoslab bo‘lmasligini aytib o‘tdi.

“Real”ni Gvardiola davridagi “Barselona” bilan taqqoslab bo‘lmaydi. U paytdagi “Barselona” san’at mahsuli edi. “Real” bilan taqqoslash uchun ular biz kabi safardagi El-Klassiko”da 6:2 hisobida g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi”, – Laportaning so‘zlarini keltirib o‘tdi Marca nashri.

Ma’lumot uchun, Xosep Gvardiola 2008-2012 yillarda “Barselona”ni boshqargan. Uning boshqaruvida “ko‘k-anorranglilar” 3 bor La liga, ikki bor Qirol kubogi, ikki bor EChL va yana shuncha marta klublar o‘rtasidagi JChda g‘olib chiqqan edi. Bundan tashqari 2008/09 yilgi mavsum La liganing 34-turida safarda “Real”ni 6:2 hisobida mag‘lub etishning uddasidan chiqqanini aytish joiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!