"Barselona" yozda olinadigan himoyachi nomini oshkor qildi
"Barselona" klubi rahbariyati jamoada yuzaga kelgan himoyachi tanqisligidan tog‘ri xulosa chiqargan xolda yozgi transferlar mavsumida mudofaa vakillari safini kengaytirishga qaror qildi.
Kataloniya klubi mavsum yakunlanishi bilan PSJ tarkibida ishonchoi o‘yin ko‘rsatayotgan himoyachi Leyvin Kurzavani o‘z tarkibiga qo‘shishga harakat qiladi.
Aslida "Barselona" bu futbolchini o‘tgan yili yozda olmoqchi edi. Broq PSJ futbolchini transferga qo‘yishni istamadi. Shuningdek, transfer narxi ham kataloniyaliklarga to‘g‘ri kelmadi.

Endi "Barselona" bu yil yana bir bor Kurzavani olishga harakat qiladi. Himoyachi joriy mavsumda 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va ikkita gol urdi.

Fikrlar