“Bavariya” murabbiyi jamoani rasman tark etdi va premer-ligaga yo‘l oldi
Myunxenning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining yordamchisi Pol Klement jamoani tark etdi. Bu haqda nemis grandining rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Endi Klement Angliya premer-ligasida o‘z faoliyatini davom ettiradi. Aytish kerakki 44 yoshli murabbiy “Suonsi” klubi bilan kelishuvga erishgan va tez kunlarda bu haqda rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Suonsi” premer-liganing o‘tgan 19 turi natijalariga ko‘ra 12 ochko jamg‘argan holda musobaqaning so‘nggi pog‘onasida bormoqda.



Fikrlar