Belotti supertakliflarni rad etdi
Evropaning bir qator grandlari 100 million evroga olishga harakat qilayotgan Andrea Belotti kelasi mavsum ham "Torino"da to‘p surishga va’da berdi.
- Men Turinda qolaman, - dedi Andrea Belotti. - "Torino" muxlislari xotijam bo‘lsin, kelasi mavsum ham ular bilan birgaman.
Joriy mavsumda Belotti jamoasi bilan shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirdi va unga 100 million evro miqdorida transfer summasi belgilandi.

Belotti A seriyada 29 ta uchrashuvda 24 ta gol urdi.

Fikrlar