
Benzema faoliyatini "Real"da tugatishga tayyor
Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema faoliyatini “qirollik klubi”da yakunlashga tayyor ekanligini bildirdi.
“Mening yuragim “Real”ga tegishli. Agar menda faoliyatimni “qirollik klubi”da yakunlash imkoniyati bo‘lsa, men buni tanlardim”, - deydi 29 yoshli frantsiyalik forvard AS nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Benzema 2009 yildan buyon “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan.
Zidan: Ronaldu ko‘plab imkoniyatlarni qo‘ldan boy berganidan hafa
"Bavariya" o‘z maydonida "Real"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi
Fikrlar