“Beshiktosh” Vida uchun “Vest Xem”dan 25 mln evro so‘ramoqda

  • 22 iyul, 2018, 10:57
  • 0
  • Futbol

Turkiyaning “Beshiktosh” klubi himoyachi Domagoy Vidaning transferi borasida “Vest Xem”ning 22 mln evrolik taklifini rad etdi.

Aksam nashri tarqatgan xabarga ko‘ra istanbulliklar 29 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun “bolg‘achilar”dan 25 million evro talab qilishmoqda. Vidaning o‘zi ham faoliyatini premer-ligada davom ettirish istagini bildirmoqda.

Xorvatiya terma jamoasi safida JCh-2018da qahramonlardan biriga aylangan ushbu futbolchiga shuningdek «Everton» hamda «Liverpul» kabi jamoalar ham kurash olib borishmoqda. Ammo, mersisayd klublari Vida uchun 20 mln evro taklif qilishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!