
Bilasizmi? Koutino "Barselona"ga o‘tish uchun "Liverpul"ga 11,5 mln funt to‘lagan
“Barselona” hamda “Liverpul” jamoalari Filippe Koutinoning transferi borasida qanday kelishuvga erishganliklari ma’lum bo‘ldi.
The Times nashri tarqatgan xabarga qaraganda ushbu transferning to‘liq qiymati 142 mln funtni tashkil etgan. E’tiborlisi, ushbu mablag‘ning bir qismini braziliyalik futbolchining o‘z to‘lashga majbur bo‘lgan. Aniqrog‘i, “Barselona”ga o‘tish orzusi barbod bo‘lishini istamagan Koutino mersisaydliklarga 11,5 mln funt to‘lagan.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Koutino ushbu mablag‘ning 9 millionini o‘sha paytning o‘zidayoq “Liverpul” hisob raqamiga o‘tkazib bergan. Qolgan 2,5 mln funtni esa keyinchalik to‘lab berishi ko‘zda tutilgan.
Fikrlar