Bilasizmi? Manjukich Chempionlar ligasi va Jahon chempionati finalida gol urgan 5-futbolchiga aylandi

  • 16 iyul, 2018, 00:20
  • 0
  • Futbol

Bugun Moskvadagi “Lujniki” stadionida futbol bo‘yicha XXI jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Unda Frantsiya Xorvatiyani 4:2 hisobida taslim etib o‘z tarixidagi ikkinchi chemponlikni qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, uchrashuvda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishgan xorvatiyaliklar hujumchisi Mario Manjukich ham Chempionlar ligasi, ham Jahon chempionati finallarida raqib darvozasini ishg‘ol eta olgan 5-futbolchi sifatida futbol tarixiga kirdi.

Ma’lumot uchun, bundan avval ushbu natijaga Ferents Pushkash, Zoltan Tsibor (ikkalasi - Vengriya), Gerd Myuller (Germaniya) va Zinedin Zidan (Frantsiya) kabi futbolchilargina erishishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!