Bir kunda uchta g‘alaba

  • 26 aprel, 2017, 20:00
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Qarshi shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida tashkil etilgan "Fyuchers" turnirining ikkinchi bosqichida kortga chiqqan uch nafar tennischimizning barchasi g‘alabaga erishdi.

Tecno
 

Tajribali tennischimiz Sanjar Fayziev belaruslik Sergey Betovga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda raqibidan har tomonlama ustunligini namoyish qildi. Sanjar bu bahsda 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.

Temur Ismoilov rossiyalik Evgeniy Tyurnev bilan ikki soatdan oshiq vaqt mobaynida kurashdi. Uch setgacha cho‘zilgan o‘yinda o‘zbekistonlik tennischi 6:1, 6:7, 6:3 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Yosh tennischimiz Jo‘rabek Karimov esa Rossiyaning yana bir vakili Bogdan Bobrov bilan raqobatlashdi. Hujumkor o‘yin ko‘rsatgan o‘zbek tennischisi 6:3, 6:4 hisobida ustun keldi.

O‘zbekistonning eng iqtidorli tennischisi ham bosh sovrin uchun kurashadigan bo‘ldi

Chorak finalda tennischilarimiz quyidagi raqiblar bilan o‘ynaydi:

Sanjar Fayziev - Dmitriy Popko (Qozog‘iston)

Temur Ismoilov - Egor Gerasimov (Belarus)

Jo‘rabek Karimov - Vladimir Ivanov (Estoniya)

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!