Bir tennischimiz Qozog‘istonda yarim finalga chiqdi

  • 25 yanvar, 2019, 11:30
  • 0
  • Tennis

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi turnirda iste’dodli tennischimizlarimiz – Olimjon Nabiev va Mark Tryashkin  chorak finalda o‘zaro raqobatlashdi.

Olimjon va Mark Tryashkin uchrashuvi uch set davom etdi. Keskin va murosasiz o‘tgan o‘zbeklar derbisida Mark 6:3, 3:6, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa yarim finalga yo‘l olgan Mark Tryashkin endi qozog‘istonlik Dmitriy Bezborodovga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!