Boku-2017: Abdulhay Shorahmatov ilk jangida g‘alaba qozondi

  • 14 may, 2017, 00:00
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Islom birdamlik o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqaning boks bo‘yicha -56 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Abdulhay Shorahmatov o‘zining ilk jangini qozog‘istonlik Nurbol Kaljanovga qarshi o‘tkazib 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va navbatdagi bosqichga yo‘llanma oldi.

Tecno

Endi hamyurtimiz chorak final bosqichida turkiyalik Eker Selchukka qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jang esa 15 may kunduzgi bahslari doirasida bo‘lib o‘tadi. 

Qayd etish lozim, oldinroq -60 kilogramm vazn toifasidagi bokschimiz Ulug‘bek Do‘smurodov ham musobaqaning saralash bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kirtigandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!