
Boku-2017: Aleksandr Svechnikov jahon rekordini o‘rnatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamlik o‘yinlari davom etmoqda.
Bugun erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan engil atletika(Paralimpiya) nayza uloqtirish bo‘yicha final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Aleksandr Svechnikov eng yuqori natija ko‘rsatdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
U 70 metr masofaga nayzani uloqtirish bilan birga jahon rekordini ham yangiladi.
Eslatib o‘tamiz, u raqiblari ozarbayjonlik Gahramanzade va Zaytes hamda ikki iroqlik Nikparast va Hosseinilarni ortda qoldirdi.
Shahzoda Abdullaeva
Fikrlar