
Boku-2017: O‘zbek bokschisi mezbonga dars berdi
Ozarbayjon poyxati Boku shahrida davom etayotgan Islom birdamlik o‘yinlari dasturidan joy olgan boks musobaqasida o‘zbekistonlik yana bir charm qo‘lqop ustasi yarim finalga yo‘llanma oldi.
64 kilogramm vazn toifasida ringga chiqayotgan Aliyor Noraliev chorak finalda mezbonlkr vakili Elvin Isaev bilan raqobatlashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvda raqibidan 3:2 hisobida ustun kelgan hamyurtimiz yarim finalga yo‘l oldi.
Aliyor finalga chiqish uchun qozog‘istonlik Kuan Kuatovni mag‘lubiyatga uchratishi kerak.
Fikrlar