Boku-2017: Sadriddin Saymatov terma jamoamizga dastlabki oltin medalni keltirishi mumkin

CHERY AUTO

Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Islom birdamlik o‘yinlari davom etmoqda. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan karate bahslarida terma jamoamiz vakillari medallar uchun kurashni davom ettirishmoqda.

Tecno

Xususan, Sadriddin Saymatov final bosqichida turkiyalik Kayya Aykutga qarshi tatamiga ko‘tarilsa, -84 kilogramm vazn toifasida Dostonbek Otabolaev, -67 kilogramm vazn toifasida Barno Mirzaeva bronza medali uchun bahs olib borishadi.

Qayd etish joiz, o‘q otish bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Saidxon Sayfuddinov kunning dastlabki qismida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!