
Boku-2017: Tennischilarimiz ketma-ket g‘alaba qozonmoqda
Islom Birdamlik o‘yinlari doirasida o‘tkazilayotgan tennis bellashuvlarida O‘zbekiston tennischilari bosh sovringa da’vogarlik qilmoqda.
Erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bellashuvlarida Samda’lo Saidkarimov birinchi davrada Mozambik vakili J.Eliasni 6:1, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ikkinchi davra bahslarida qatnashgan hamyurtimiz Sergey Fomin turkmanistonlik E.Rogusskiydan 6:2, 6:2 hisobida ustun keldi.
Fikrlar