“Borussiya D” “Chelsi”ga Marko Roysning narhini e’lon qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi “Borussiya D” yarim himoyachisi Marko Roysning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

The Daily Express nashrining xabar berishicha dortdmundliklar “Chelsi”ga Roys uchun 70 million funt to‘lashlari kerakligini aytishgan. O‘z navbatida “aristokratlar” bosh murabbiyi Antonio Konte yozda jamoa tarkibini yanada kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Germaniya terma jamoasi a’zosi uchun kurashda “Chelsi”dan tashqari “Arsenal” va “Liverpul” ham bor. “Borussiya D” esa bu imkoniyatdan foydalanib, iloji boricha ko‘proq pul ishlab olishni ko‘zlamoqda. 

Ma’lumot uchun, 27 yoshli futbolchining “Borussiya D” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!