
"Borussiya D" gollar shousida "Kyoln"dan ustun keldi
Germaniya chempionati 21-tur ilk o‘yinida "Borussiya D" jamoasi safarda "Kyoln" futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Gollarga boy kechgan bellashuvda dortmundliklar 3:2 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu o‘yinda "Borussiya D" safida debyut qilgan Mishi Batshuayi dubl muallifiga aylandi.
Kyoln – Borussiya D 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 35 Batshuayi, 1:1 – 60 Tsoller, 1:2 – 62 Batshuayi, 2:2 – 69 Xorxe Mere, 2:3 – 84 Shyurrle.
Keln – Xorn, Sorensen, Xorxe Mere, Xaynts, Xektor, Klemens (Tsoller, 46), Xeger (Pisarro, 87), Ozdjan, Yoyich, Terodde, Girassi (Kordoba, 63).
Borussiya D – Byurki, Pishchek, Papastatopulos, Toprak, Tolyan, Daud (Gerreyru, 63), Vaygl, Kagava, Pulishich (Sancho, 72), Batshuayi, Shyurrle (Akandji, 88).
Ogohlantirishlar: Daud (34), Yoyich (41), Xektor (90).
Fikrlar