Boxing Day: “Arsenal” so‘nggi daqiqalarda “Vest Bromvich” engdi
Angliya Premer-ligasi 18-turida “Arsenal” va “Vest Bromvich” klublari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Ushbu o‘yinda to‘pchilar qiyinchilik bilan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni 86-daqiqada Olive Jiru kiritdi. Aynan uning goli “Arsenal”ga 3 ochko taqdim qildi. Arsen Venger jamoasi ochkolari sonini 37 taga etkazib, hozircha 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Arsenal – Vest Bromvich 1:0
Gol: 1:0 – 86 Jiru
Arsenal – Chex, Gabriel, Gibbs (Monreal, 71), Belerin, Koselni, O‘zil, Jaka, Sanches, Koklen (Remzi, 74), Ivobi (Peres, 71), Jiru.
Vest Bromvich – Foster, Makoli, Nom, Douson, Evans, Yakob, Fletcher, Shadli (Makkleyn, 62), Fillips, Brant, Rondon.
Ogohlantirishlar: Jiru (42), Gibbs (65).

Fikrlar