Branislav Ivanovich “Zenit” futbolchisiga aylandi (Foto)

  • 01.02.2017 18:09
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Angliyaning “Chelsi” klubi himoyachisi Branislav Ivanovich faoliyatini Rossiyaning “Zenit” jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, 32 yoshlik futbolchi rossiyaliklar bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. Agar futbolchi yaxshi o‘yin namoyish etsa tomonlar o‘zaro bitimni uzaytirishlari ham mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Ivanovich “Zenit”ga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Futbolchi yiliga 3,2 million evro maosh oladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!