Braziliyaliklar Neymardan zo‘r futbolchi chiqqaniga ishonishmoqda

  • 13 fevral, 2017, 15:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyaning ko‘plab muxlisu mutaxassislari "Barselona" hujumchisi Neymarni yaqin kelajakda dunyoning eng zo‘r futbolchisiga aylanishini kutishayotgan edi. Ularning aksariyati ayni paytda dunyoning eng kuchli futbolchisi mavqei uchun raqobatlashayotgan Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning yoshi o‘tib borayotganini ulardan keyin futbol taxtiga Neymar ko‘tarilishiga ishonishardi.

Tecno
 

Braziliya terma jamoasining yulduz futbolchisi Ronaldino Neymardan kuchli futbolchi paydo bo‘lganini e’tirof etdi. Uning fikricha, Gabriel Jezus yaqin kelajakda jahon futboli etakchisiga aylanadi.

- Hozirgi paytda eng zo‘r o‘yinchi Messi, - dedi Ronaldino. - Men undan keyin futbol taxtiga Neymar ko‘tariladi, deb yurardim. Biroq, Gabriel Jezusni ko‘rib bu futbolchiga ishonch bildira boshladim. Gabriel Jezus hech narsadan qo‘rqmaydi va maydonda o‘zining eng kuchli o‘yinlarini namoyish qilishga harakat qiladi.

19 yoshli Gabriel Jezus yanvar oyida "Palmeyras"dan "Manchester Siti" safiga qo‘shildi va yangi jamoasi tarkibida uchta o‘yinda uchta gol urib, bitta golli pas muallifi bo‘ldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!