Bugun Hasanboy Do‘smatov jang qiladi

  • 5 aprel, 2017, 11:02
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

 

 

Tailand poytaxti Bangkok shahrida yuqori nufuzli musobaqa - boks bo‘yicha "Qirol kubogi-2017" xalqaro turnirini muvaffaqiyatli boshlagan O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari bugun uchrashuvlarni davom ettiradi.

Xususan, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi va Osiyo chempioni Hasanboy Do‘smatovning jangi nafaqat o‘zbekistonlik balki boshqa mamlakatlar muxlisu mutaxassislarini ham jiddiy qiziqtirmoqda. Hasanboy bellashuvlarga ikkinchi davradan qo‘shilgan va birinchi jangini filippinlik Palam Karloga qarshi o‘tkazadi.

Yana bir Olimpiada chempioni Shahobiddin Zoirov joriy mavsumdagi dastlabki uchrashuvini Xitoy Taypeyi vakili Kao Shin Yenga qarshi o‘tkazadi.

Olimpiya o‘yinlari sovrindori Murodjon Ahmadaliev filippinlik Jeyms Paliste, jahon chempionati bronza medali sohibi Elnur Abduraimov turkmanistonlik Zufar Saparboev bilan kuch sinashadi.

Xalqaro turnirdagi dastlabki g‘alabasini nishonlagan Isroil Madrimov Xitoy Taypeyi bokschisi Kan Chia Vey, Shahram G‘iyosov hindistonlik Manoj Kumarbilan raqobatlashadi.

Jasurbek Latipovning ikkinchi davradagi raqibi tailandlik Kritipak Duangnut bo‘ladi.

Musobaqaga oid eng so‘nggi xabar va yangiliklarni SPORTS.uz axborot portali orqali kuzatib boring!

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!